Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilmoqda
March 12, 2025
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq o‘quv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiyasi “mutaxassislik” va “ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. O‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular bo‘yicha tinglovchilarning bilimi tekshirilmoqda.
“Yo‘l-patrul faoliyati”, “Pasport tizimini taʼminlash faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Jazoni ijro etish faoliyati”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati”, “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Kodekslar, Prezident Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holda tuzilgan savollarga og‘zaki shaklda javob bermoqdalar.
Shuningdek, tinglovchilar turli xil vaziyatlarda sodir bo‘ladigan muammoli vaziyatlar borasidagi bilimlarini ham namoyon etyaptilar.
Institut Matbuot xizmati