O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi yakunlanishi munosabati bilan navbatdagi o‘quv kursi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazildi. Nostandart, ziddiyatli vaziyatlar, muammoli holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari tinglovchilarda shakllantirildi.
Bugun ushbu o‘quv kurslarining yakuniga ko‘ra imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, o‘quv jarayonlari va jamoat ishlarida faol bo‘lgan tinglovchilarga tashakkurnomalar berildi.
Institut Matbuot xizmati