Joriy yilning 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish” loyihasi rahbari Shtefan Buxmayer bilan Institutda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O.T.Axmedov delegatsiyaning Institutga tashrifi bilan qutlab, taʼlim muassasaning faoliyati, maqsad va vazifalari, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan o‘zaro munosabatlar rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganligini bildirdi.
Muloqot davomida tomonlar joriy yilda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) “Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar hamda tashkil etiladigan treninglarda Vazirlik Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilarining ishtirokini taʼminlash, Yevropa davlatlarining turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha batafsil suhbat olib borildi.
Muloqot so‘nggida Shtefan Buxmayer Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) faoliyati bilan tanishtirib, rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Institut Matbuot xizmati