O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i, polkovnik Olimjon Axmedovning Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi politsiya-attashesi va konsuli Na Dong Gun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda IIV Malaka oshirish institutiga Koreya markaziy politsiya akademiyasining boshlig‘i va delegatsiyasining tashrifi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish loyihasi hamda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv jarayonida Na Dong Gun ham samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki mamlakatning turdosh oliy ta’lim muassasalari hamkorligini faol rivojlantirishga barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashinuvini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati