2024 yilning 20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarning 2024 yil uchun respublika kalendar rejasi”ga asosan, Navoiy viloyati Navoiy shahar “Sug‘diyona” sport saroyida sportning “Sambo” turi bo‘yicha (erkaklar, ayollar va jangovar sambo) bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 250 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
IIV Malaka oshirish instituti KTF tinglovchisi, safdor To‘lqin Baxronov Jangovar sambo to‘ri bo‘yicha 64 kg vazn toifasida jang qilib faxrli ikkinchi o‘rinni egallab kumush medalni qo‘lga kiritdi va terma jamoa safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.