Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi yuqori saviyada nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, Institutning Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida tahsil olayotgan tinglovchilarning qasamyod qabul qilish tadbirida, Vatanga muhabbat va el-yurtga sadoqat, mamlakatimiz Prezidentiga sodiqlikka qasamyod qildilar.
Tadbirda Vazirlik va Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, tinglovchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqan Vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Umidbek Nurullayev, so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ichki ishlar organlari faoliyati yangi bosqichga chiqqanligini alohida ta’kidladi.
O‘quv jarayoni va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan tinglovchilarga tashakkurnomalar topshirildi.
Ishtirokchilar ham qasamyod qabul qilgan tinglovchilarga kelgusi sharafli xizmat faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tiladi.
Institut Matbuot xizmati