Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘rol Saidov “Fuqarolar bilan ishlash moduli” yuzasidan Yo‘l-patrul xizmati yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida “Tabiiy va texnogen ofatlar yuz berganda jamoat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolar bilan muloqot jarayonida muammoli holatlar” mavzusi bo‘yicha ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida mavzuni ayni kundagi dolzarbligi, ahamiyati tushuntirilib, nazariya va amaliyotni bog‘lagan holda keng ko‘lamli ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.
Shuningdek, seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Institut Matbuot xizmati