Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bir necha yillardan buyon mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur muhim tashabbusda IIV Malaka oshirish instituti jamoasi ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, joriy yilning 9-10 noyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdi. Tumanda hududni obodonlashtirish, yangi bog‘ barpo qilish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi.
"Yashil kelajak" umumrespublika marafoni doirasida shu kunga qadar hududga 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ta’kidlash joizki, institut jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizni yanada yashillashtirish, zaminimizni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi xayrli tashabbus tizimli ravishda davom ettirib boriladi.
Institut Matbuot xizmati