Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman(shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun zaxiradagi xodimlar uchun tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kurslariga kelgan 40 ga yaqin xodimlarga Yuridik fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik X.X.Baxramov hamda kafedra katta o‘qituvchisi, podpolkovnik O.S.Subanovlar tomonidan binar shaklda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda saylov qonunchiligi” nomli mavzuda o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv seminar mashg‘ulotida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning muqaddimasi, asosiy prinsiplari, talablari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga oid konstitutsiyaviy-huquqiy normalar shuningdek saylov qonunchiligi va hususiyatlari, qiyosiy-tahliliy chuqurlashtirilgan holda ko‘rib chiqildi. Bo‘lajak rahbar tinglovchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Institut Matbuot xizmati