Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli boshlig‘i, polkovnik E.E.Marupov tomonidan Olmaliq bazasidagi Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” mutaxassisligida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Patrul-post xizmati faoliyatida maxsus planshetdan foydalanish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga maxsus planshet orqali ma’muriy bayonnomalarni elektron tartibda rasmiylashtirish usullari o‘rgatildi. Tinglovchilar real vaqtda IIV axborot tizimlari bilan ishlab ko‘rdi. Shuningdek, tinglovchilar ma’muriy bayonnomani elektron tartibda rasmiylashtirish vaqtida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar yuzasidan ham qo‘shimcha ma’lumotlarni oldilar.
Institut Matbuot xizmati