Yangilik haqida batafsil

Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida navbatdagi treninglar boshlandi
Oct. 30, 2024

     Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish» loyihasi doirasida IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari uchun Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida joriy yilning 28 oktabr kunidan navbatdagi treninglar o‘tkazilmoqda.

     Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad Koreyaning sud-tibbiy ekspertizasi tizimi hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tekshirish borasida ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qaratilgan.

     Trening dasturiga muvofiq, Koreyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar (ekspertizalar), Hodisa joyini kuzatuv va identifikatsiya qilish jarayonlari, Hasharotlar tomonidan qoldirilgan belgilar yordamida o‘lim vaqtini baholash va DNK, Yong‘inni aniqlash va qon dog‘larini tahlil qilish, Kriminalistik yorug‘lik manbasidan foydalangan holda suratga olish nazariyasi va amaliyoti, Koreyada giyohvandlik moddalarni tekshirish tushunchasi, Koreyada giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish nazariyasi, Gumonlanuvchilarni tergov qilish jarayonini kuzatish, Bolalar va o‘smirlar uchun giyohvandlik vositalari bo‘yicha profilaktik ta’lim, Ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalarni tergov qilish va hibsga olish kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

     Shuningdek, Seul shahar politsiya agentligining Sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi, Koreya politsiya muzeyi, Politsiya inson resurslarini rivojlantirish instituti, politsiya itlarini umumiy tayyorlash markazi hamda Koreya Markaziy politsiya akademiyasiga amaliy tashriflar amalga oshiriladi.