Yangilik haqida batafsil

Dolzarb mavzuda davra suhbati
Sept. 10, 2024

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karyera jarayoni tizimi asosida  kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish kursi, hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov o‘quv kurslari tinglovchilari bilan “Maymun chechagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

    Unda institut  xodimlari va tibbiyot xizmati mutaxssislari ishtirok edi.  Tibbiyot xizmati shifokor- epidemiologi, leytenant Gulnoza Rahimova tomonidan Mpox (maymun chechagi) virusi so‘ng­gi­ oylarda Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika mintaqalarida kasallanish ko‘rsatkichlari sezilarli darajda oshganligi,  maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va ozg‘inlik kirishi, kasal bo‘lganlarda ko‘pincha yuzda boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga, jumladan qo‘llar va oyoqlar tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi, maymun chechagi hayvonlarning chaqishi, ifloslangan buyumlar yoki kasal odam bilan yaqin aloqa qilish orqali yuqishi mumkinligi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi. 

    Bu kasallikning O‘zbekistonga kirib kelmasligi uchun qatʼiy choralar ko‘rilayotganini eslatib, tinglovchilardan har qanday holatda shifokorlarga ishonch bildirishni va sog‘lig‘iga jiddiy munosabatda bo‘lishni so‘radi.

   Mutaxassisning taʼkidlashicha, kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalishi oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirilgan.

     Davra suhbati davomida tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

    IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati