O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “mayor” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi hamda ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash kursi yakunlanishi munosabati bilan navbatdagi o‘quv kurslari o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazildi. Nostandart, ziddiyatli vaziyatlar, muammoli holatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalari tinglovchilarda shakllantirildi.
Bugun ushbu o‘quv kurslarining yakuniga ko‘ra imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati