Yangilik haqida batafsil

Kitoblar ulug‘likka eltuvchi yo‘ldir
April 26, 2024

      Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgidan bir necha barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

       Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Kitoblar qalbni uyg‘otadi” shiori ostida qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

       Jumladan Institutda “Ustozga ehtirom” va “Unutilmas xotiralarim” nomli kitoblar ko‘rgazmasi va taqdimoti tashkil etildi. Unda mazkur kitoblar, hamda ularning muallifi, mazmuni, chop etilgan nashriyoti haqida tinglovchilarga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu kitoblar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini, bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, yurtimizda hukm surayotgan, eng katta boyligimiz bo‘lmish tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikda yashashning qadriga yetishlarining ahamiyati to‘g‘risida gapirdilar.

      “Ustoz hayot tushunchasi paydo bo‘lganidan buyon yashab kelayotgan siymoligi, shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga bo‘lgan ishonch, hurmat-izzat o‘zgachaligi, Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari paydo bo‘lishi ta’kidlandi.

     Tadbirda o‘quv kursi davomida o‘zining kasbiy, bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgani va namunali xulqi uchun bir guruh tinglovchilarga Institut boshlig‘ining dastxati bilan kitoblar berildi.

     Tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi Institut xodimlari va tinglovchilarda o‘zgacha taassurot uyg‘otib, ilm va kitobga bo‘lgan muhabbatlarini yanada oshirdi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot markazi