Joriy yilnig 20-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Raqamli texnologiyalar asosida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning dolzarb muammolari va yechimlari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur konferensiyada maʼruzalari bilan qatnashish istagini bildirgan xodimlaringiz haqida maʼlumotlarni hamda anjuman materiallari to‘plam shaklida chop etilishi munosabati bilan ularning ilmiy maqola yoki tezislarning yozma va elektron variantlarini joriy yilning 20-may kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga ilovaga muvofiq yuborilishida amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
Batafsil ma’lumot: https://ipkmvd.uz/
Maqola va tezislar 2026-yil 20-may kuniga qadar moi@iiv.uz elektron pochtasi yoki Telegram orqali: +998337936807 manzili bo‘yicha qabul qilinadi.
Ma’ro‘zalarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul shaxs: Boynazarov Otabek
Tel.: (33) 793-68-07