E'lonlar

Konferensiya materiallari to‘plami haqida e’lon

 

 

Shu yilning 31-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlarida jangovar va jismoniy tayyorgarlikning orni: muammo va yechimlari mavzuiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya materiallarini alohida to‘plam shaklida chop etish rejalashtirilgan. To‘plam uchun quyidagi dolzarb masalalar bayon etilgan maqola va tezislar qabul qilinadi:

– Ichki ishlar organlarida jangovar va jismoniy tayyorgarlikning o‘rni: muammo va yechimlari;

 – huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining (tinglovchi, kursantlar) jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish muammolari;

– jamoat xavfsizligini ta’minlashda kuch va vositalarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;

– Ichki ishlar organlari uchun (tinglovchi, kursantlar) jismoniy chiniqqan sog‘lom kadrlarni tanlash va tayyorlash sohasidagi islohotlar va ularning natijalari;

– jismoniy tayyorgarlikning samarali usul va vositalarini qo‘llash orqali shaxsiy tarkibning qo‘l jangiga doir amaliy ko‘nikmalarini oshirish istiqbollari;

– Ichki ichlar organlarida kadrlarning harbiy tayyorgarligini ta`minlashning bugungi holati va istiqbollari;

– Ichki ishlar organlari xodimlari (tinglovchi, kursantlar)ni tayorlashda Sambo va janovar  Samboni  orni.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:

- matn o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, undagi fikrlar izchil, ilmiy asoslangan, manba va adabiyotlar aniq ko‘rsatilgan, tahrirdan o‘tkazilgan holda 5–10 betlar atrofida bo‘lishi;

- matn A4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqori va pastdan 2 sm, chap va o‘ngdan 2,5 sm joy qoldirilgan holda 1 nusxada, elektron nusxasi esa MS Word dasturida “Times New Roman” shrifti, 14 kegel kattalik va 1,5 intervalda bo‘lishi;

- muallif o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy unvoni va darajasi, etektron pochta manzili) to‘liq yozishi zarur.

Maqola va tezislar mazmuni, undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgardir. Tashkiliy qo‘mita tomonidan ma’qullangan materiallar to‘plamga joylashtiriladi. Chop etilmay qolgan materiallar muallifga qaytarilmaydi.

Maqola va tezislar 2024-yilning 25-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri H. Boyqaro ko‘chasi 27a-uy.

 

Elektron manzil: turaevmurodxon@gmail.com, telegram +998(90) 345-22-27

Murojaatlar bo‘yicha telefon: +998(90) 345-22-27

 

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti