Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi iiv Malaka oshirish institutida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda insonparvarlik tamoyillarini amaliyotga samarali joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tinglovchilar uchun xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish va taʼlim dasturlarini amalga oshirishning dolzarb masalalari hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Institut Matbuot xizmati