Hamkorlik memorandumi imzolandi
“International Police Association Club” tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi imzolandi.
Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti polkovnik O.T.Axmedov va “International Police Association Club” tashkiloti raisi M.T.Atadjanovlar hamda tegishli xodimlar ishtirok etishdi.
Mazkur memorandum kelgusida ichki ishlar organlariga kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida ilmiy, madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya va sport sohasida uzoq muddatli, samarali hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.