Navbatdagi Ilmiy kengash o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalar hamda ma’naviy-ma’rifiy, kadrlar bilan ta’minlash ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalari muhokama etildi.
Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.