“Huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar”
IIV Malaka oshirish institutida Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent podpolkovnik Abjalov Abdijabbor Maxammadiyevich tomonidan Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursining 12-guruh tinglovchilari bilan “Turli nostandart vaziyatlarda harakatlanish va muloqot qilish” modulining “Huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar” nomli mavzusi bo‘yicha Institut miqyosida ochiq amaliy dars mashg‘uloti namunali tarzda amalga oshirildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar mazkur yo‘nalish bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy holatlarda qo‘llash ko‘nikmasini namoyon etdilar. Turli nostandart vaziyatlarda huquqbuzarlik sodir qilgan yoki jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab, ularni Ichki ishlar organlari binolariga olib borish, dalillarni rasmiylashtirish, protsessual qoidalarga rioya etish hamda hujjatlarni to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy topshiriqlarni bajardilar.
Mashg‘ulot davomida Ichki ishlar organlari xodimlari va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar o‘rtasidagi turli muammoli vaziyatlarda, xodimlarning qonuniy qaror qabul qilish hamda kreativ fikrlash ko‘nikmalari shakllantirildi.