Narkotik moddalarni aniqlash osonroq va tezroq

18.02.2026 33 marta ko'rilgan

Toshkent shahri Chilonzor tuman hokimiyatida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti xodimlari tomonidan tayyorlangan respublika aholisining aksariyat qismi foydalanadigan “Telegram” messenjerida shartli nomi “Psixotrop” deb nomlangan barcha shaxslar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan “BOT” taqdimoti o‘tkazildi.

E’tiborli jihati, botdan istalgan foydalanuvchi bemalol foydalanishi mumkin bo‘lib, ayniqsa ichki ishlar organlari, jumladan har qanday HMQO xodimlari uchun dori vositalarining huquqiy maqomini tezkor aniqlashda samarali yordamchi sifatida xizmat qiladi.

Foydalanuvchi tomonidan dori vositasining nomi botga kiritilgach, tizim mavjud ma’lumotlar bazasi asosida ushbu preparatning O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan giyohvandlik vositalari, muomalasi cheklangan psixotrop moddalar, muomalasi cheklangan prekursorlar hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati bo‘yicha taqiqlangan yoki taqiqlanmaganligi to‘g‘risida aniq, ishonchli va tezkor ma’lumot taqdim etadi.

Ushbu mexanizm psixotrop vositalar va ularning analoglari bo‘yicha axborot almashinuvini optimallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyatida tezkor qaror qabul qilish jarayonini yengillashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga ko‘maklashadi.

Botga ulanish: https://t.me/Psixotrop_moi_bot