Jamoaviy hamkorlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan trening o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi professori, podpolkovnik A.M.Abjalov, Psixologik ta’minlash guruhi bosh psixologi, leytenant M.D.Mirkomilov va Toshkent shahridagi Rossiya davlat pedagogika universiteti A.I. Gertsen nomidagi filiali 4-kurs talabasi S.B Mirzaahmedova hamkorlikda jamoani jipslashtirish ва xodimlarni yangi ish sharoitlariga moslashtirishga qaratilgan binar shaklida amaliy trening tashkil etildi. Tadbirda boshlang‘ich касбий tayyorgarlik o‘quv kursining 30 nafar tinglovchisi ishtirok etdi.
Ish samaradorligini ошириш hamda har bir ishtirokchining jarayonga faolroq jalb etilishini taʼminlash maqsadida tinglovchilar ikki guruhga bo‘lindi. Rejalashtirilgan mashg‘ulotlar jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish, samarali kommunikatsiyani shakllantirish ва jamoada o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yo‘naltirildi.
Trening jarayonida qatnashchilar turli interaktiv mashqlar ва muhokamalarda faol qatnashdilar. Ular yuqori darajadagi tahliliy fikrlash, refleksiya qilish qobiliyati hamda bir-birini diqqat bilan tinglash madaniyatini namoyon etdilar.
Quvonarlisi, tinglovchilar orasida amaliyotchi psixologlar ham bo‘lib, ular qo‘shimcha mashqlar taklif etdilar. Kelishuv asosida mazkur mashqlar trening dasturiga kiritildi. Bu esa mashg‘ulotlarni mazmunan boyitib, jarayonning касбий darajasini yana-da oshirishga xizmat qildi.
Bu kabi treninglar davom ettirilmoqda.