Sohaviy xizmatlarda malakaviy amaliyot boshlandi

16.02.2026 9 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar sohaviy xizmatlarda malakaviy amaliyot o‘tashga kirishdi. Barcha sohaviy yo‘nalishlarda malakaviy amaliyot oldi yo‘riqnomalar o‘tkazilib, tinglovchilarga amaliy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar biriktirildi.

Jumladan, Toshkent shahar IIBB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik batalonida “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi xizmat faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga xizmat qilishi tushuntirildi.

Amaliyotni o‘tkazishdan maqsad tinglovchilar tomonidan egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.