Donorlik –beg‘araz ko‘mak, savobli amal

14.02.2026 13 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida xodimlar va tinglovchilar o‘rtasida beg‘araz donorlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, qon preparatlari zaxirasini muntazam yangilab borishga ko‘maklashish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika qon quyish markazining sayyor donorlik guruhi taklif etildi. Ushbu beg‘araz donorlik tadbirida ishtirok etishni hohlovchi xodimlar belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilganidan so‘ng, qon topshirishga qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagan xodimlardan qon olindi.

Tadbirda institutning Bektemir o‘quv bazasida 60 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi.

 

 @IIVMOI_uz