Malaka oshirish institutida kitob yarmarkasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasbiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida imtiyozli narxlarda kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada huquqshunoslik, psixologiya, boshqaruv, jinoyatchilikka qarshi kurash, shuningdek, badiiy va ma’rifiy yo‘nalishlardagi yangi nashrlar taqdim etildi.
Albatta, bunday yarmarkalar xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, xizmat faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, shuningdek, yosh kadrlarda kitobxonlikka mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.