Alisher Navoiy - maʼnaviyatimiz gultoji

09.02.2026 45 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutidagi navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsida “Alisher Navoiy- buyuk davlat arbobi va maʼnaviyatimiz gultoji” mavzusi yoritildi.

Mashg‘ulot davomida Alisher Navoiyning davlatchilikdagi o‘rni, maʼnaviy-maʼrifiy merosining ahamiyati hamda uning asarlarida aks etgan yuksak axloqiy qadriyatlar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, Navoiy asarlarida ilgari surilgan yuksak axloqiy qadriyatlar bugungi kunda ham yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Mashg‘ulot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan “Dotsent” ilmiy unvoni, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasi guvohnomalari egalariga topshirildi.

Institut Matbuot xizmati