Chilonzor tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

07.02.2026 16 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari tomonidan Chilonzor tumanining Katta Xirmontepa, Xontopi va Tirsakobod mahallalarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi orasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirlar doirasida mahalla faollari, yoshlar va aholi bilan “Giyohvandlikka qarshimiz” va “Kiberxavfsizlik” mavzularida profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning sabab va omillari, ularning oqibatlari hamda qonunchilik talablari tushuntirilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, xavfsizlikni taʼminlashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur ishlar jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlash hamda mahallalarda barqaror ijtimoiy muhitni yaratishga xizmat qilmoqda.                      

                                                                                                                                                         Institut Matbuot xizmati