Binar mashg‘ulot: hamkorlikda o‘rganish tajribasi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, dotsent, podpolkovnik K.S.Beysenov hamda IIV huzuridagi JIED 1-mintaqaviy hudud 49-son manzil-koloniyasining Tarbiyaviy ishlar bo‘linmasi boshlig‘i, mayor T.T.Davirov tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakultetining “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida “Qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tartibi hamda shartlari” mavzusida binar maʼruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda jazoni ijro etish tartibi, xavfsizlik choralari hamda amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha zarur tushunchalar berildi. Maʼruza tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.