Qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi

19.01.2026 125 marta ko'rilgan

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Prezidentning 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarorining mazmun-mohiyatini ichki ishlar organlari xodimlariga yetkazishga qaratilgan o‘quv seminarlari oʻtkazildi.

Seminarda Andijon viloyatining barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari hamda sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi. Ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, xizmat faoliyatida Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishga qaratilgan tushunchalar berildi.

Institut Matbuot xizmati