Muzey - o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik

19.01.2026 109 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “mayor” maxsus unvonini olish uchun tashkil etilgan o‘quv kursida tahsil olayotgan tinglovchilar Toshkent shahrida joylashgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi.

Tinglovchilar muzeyda joylashgan eksponatlar, buyuk ajdodlarimiz siymolari, portretlari, tarixiy qurol aslahalar, ajdodlarimiz jasorati aks ettiruvchi ko‘plab kartinkalar bilan yaqindan tanishishdi. Ichki ishlar organlari xodimlarining qalbida milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirish, tarix bilan tanishtirish, yuqori axloqiy-ruhiy holatini yaxshilash, xizmat intizomini mustahkamlashda bu kabi tashriflar g‘oyat muhimdir.

Shuningdek, tashrif mobaynida tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining rivojlanish tarixi hamda islohotlar bo‘yicha yaqindan tanishish imkoniyatiga sazovor bo‘lishdi. Ushbu tashrif tinglovchilarda o‘zgacha taassurotlar qoldirdi.

Institut Matbuot xizmati