Qaror va ijro: o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

19.01.2026 110 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining farmoyishiga asosan vazirlik Jamoat xavfsizligi departamentining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti, IIV Akademiyasi, Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar-tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-son qarorlarining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga yetkazilib, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalari oshirilmoqda.

Jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot, Chimboy, Kegeyli, Xo‘jayli, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlari hamda Nukus shahrida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

 

Institut Matbuot xizmati