Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimi joylarda targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etayapti

16.01.2026 85 marta ko'rilgan

Ohangaron shahar texnikumida bo'lib o'tgan tadbirda Respublika ishchi guruhi Ohangaron shahar bo‘yicha vakili B.Musurmanov, Inson ijtimoiy markazi direktori Ch.Yo'ldosheva , Ohangaron shahar Mudofaa bo'lim boshlig'i  o'rinbosari M.Musurmanov , Xalq deputatlari Ohangaron shahar 2-Bunyodkor okrugi deputati F.Mashkurova asosiy ma’ruza bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar aholi vakillariga sodda va tushunarli tilda atroflicha tushuntirildi.

Ma’ruza davomida inson qadrini yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, bandlik hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan qo‘shimcha ma’ruzachilar ham Murojaatnomaning amaliy ahamiyati, uning mahalla hayotidagi o‘rni va aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.