Ohangaron shahar Adolat mahallasida “Ma’naviyat karvoni” yangi strategiya — yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga keng targ‘ib etish maqsadida Toshkent viloyatida tashkil etilgan ishchi guruhlardan iborat “Ma’naviyat karvoni” Ohangaron shahar Adolat mahalla 1-sonli umumta'lim maktabida.
Adolat mahallasi hududida o‘tkazilgan ochiq muloqot uchrashuvida Ohangaron shahar hokimligi mas’ullari, Prezident Administratsiyasi vakillari, respublika ishchi guruhi a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va ularning aholi hayotidagi ahamiyati keng jamoatchilikka atroflicha tushuntirildi.
Muloqot yakunida fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilmaviy va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ishsizlarni ish bilan ta'minlash maqsadida ish yarmarkalari, aholi uchun qulay arzon oziq-ovqat yarmarkalari va tibbiy ko'riklar tashkil etildi.