Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish metodlari mavzusida seminar

15.01.2026 121 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti platformasi orqali mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagog kadrlari ishtirokida navbatdagi pedagogik seminar o‘tkazildi.

“O‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlari” mavzusida tashkil etilgan mazkur seminarda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qo‘llash, interaktiv o‘qitish usullari, pedagogik jarayonda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, taʼlim sifatini oshirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, tajriba almashish va fikr-mulohazalar bildirish uchun ochiq muloqot o‘tkazildi.

Seminar taʼlim jarayonini yana-da takomillashtirish, pedagog kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.