Yosh avlod qalbida vatanparvarlik: Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir

14.01.2026 122 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Bektemir tumanidagi 575-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari, maktabgacha yoshdagi bolalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat-ehtirom, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va bayramona chiqishlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.