“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”: Toshkent Perfekt universitetida maʼnaviy tadbir

14.01.2026 93 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Toshkent Perfekt universitetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida tashkil etildi.

Tinglovchilar o‘zlarining yuksak mahorat va jangovar shayliklarini namoyish etuvchi ko‘rgazmali chiqishlari bilan davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladilar.

Tadbirda milliy armiyaning mamlakat tinchligi va xavfsizligini taʼminlashdagi muhim o‘rni, Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.