Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari g‘oliblar qatorida
13.01.2026
7 marta ko'rilgan
Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, xususan, aralash jang san’atini (MMA) keng targ‘ib qilish maqsadida Malaka oshirish instituti va O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamkorligida maxsus turnir tashkil etildi.
“JAR” sport majmuasi mezbonlik qilgan ushbu musobaqada polvonlar 7 ta vazn toifasida xalqaro qoidalar asosida bellashdilar. Musobaqa yakunida yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar poytaxt va respublika bosqichidagi chempionatlarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar.