Tinglovchilar “G’alaba bog’i”da

13.01.2026 6 marta ko'rilgan

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Malaka oshirish instituti Jangovar tayyorgarlik sikli o’qituvchisi, mayor Husan Muslimov boshchiligida boshlang’ich kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari poytaxtimizdagi “G’alaba bog’i”da bo’lishdi. Bog‘ning ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, misoli muzey ichida jonlantirilgan harbiy ofitserlarning manekenlari, okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va yarani bog‘lash punktlari aks ettirilgan noyob muzey bor. Shu yerning o‘zida urush yillaridagi noyob harbiy qurollarning ko‘rgazmasi ham taqdim etilgan.

Tinglovchilar qalbida milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirish, tarix bilan tanishtirish, yuqori axloqiy-ruhiy holatini yaxshilash, xizmat intizomini mustahkamlashda bu kabi tashriflar g’oyat muhimdir.