Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” – yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhi

12.01.2026 9 marta ko'rilgan

 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Institutning boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilarning aka-ukalari va yaqin qarindoshlari, shuningdek, Bektemir tumanida joylashgan 290, 291 va 292-sonli umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari va mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Institutda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari hamda tinglovchilarning kasbiy va jismoniy tayyorgarlik darajasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. “Ochiq eshiklar kuni” yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, fidoyilik va yuksak masʼuliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Institut Matbuot xizmati