Bo‘lajak rahbarlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida

08.01.2026 14 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari, isteʼfodagi polkovnik, yuridik fanlari doktori, professor Sattarov Abdug‘ofur Hamidovich va IIV MOI Yuridik fanlar kafedrasi boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi, professor Suvankulov Mehmonali Ismoilovichlar tomonidan Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilariga “Qonunga xilof ravishda ushlab turish holatlarini oldini olishda rahbarlarining roli”  mavzusida binar shaklda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mavzu doirasida tinglovchilarga kelgusi amaliy faoliyatlarida qonunga xilof ravishda ushlab turish huquqbuzarligining tarkibi, kelib chiqadigan  huquqiy oqibatlari, maʼmuriy va jinoyat qonunchiligi asosida tayinlanadigan  jazo turlari, shuningdek rahbarlarning mazkur holatlarni oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlari xususida huquqiy bilimlar berildi.