Bolalar huquqlari — jamiyat kelajagi kafolati

22.12.2025 21 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Istiqbolli avlod” nodavlat-notijorat tashkiloti hamkorligida “Sud-huquq tizimida jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar bilan adolatli va hurmatli munosabatni ta’minlash” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Treningda tinglovchilarga bolalar huquqlarini himoya qilish, jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar bilan ishlashda xalqaro standartlar, psixologik yondashuvlar hamda bolaga nisbatan ikkinchi darajali jabr yetkazilishining oldini olish masalalari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.

 

Institut matbuot xizmati