Amaliy tajriba - yuqori malaka
IIV Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash hamda “mayor” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi.
Mashg‘ulotlarga respublika davlat boshqaruv va huquq-tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbar xodimlari, boy amaliy tajriba va yuqori malakaga ega ilmiy-pedagogik xodimlar hamda mutaxassislar, shuningdek, vazirlikning tegishli sohaviy xizmat xodimlari jalb etildi. O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.
O‘quv jarayonida xizmat sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish va ularni kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan vazifalarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Komissiya tarkibida yakuniy sinovlar qabul qilinib, muvaffaqiyatli topshirganlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Institut matbuot xizmati