Yangi kitob taqdimoti

20.12.2025 18 marta ko'rilgan

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari muzeyi tadbirlar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari a’zosi, iste’fodagi polkovnik, yuridik fanlar doktori, professor Abdug‘ofur Sattorov va mehnat faxriysi A’zam Shukurovning (hammualliflikda) “Achchilik Abdusattor qozining achchiq qismati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Unda IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari, IIV Akademiyasi kursantlari, vazirlik mas’ullari, faxriylar, ijodkoru ziyolilar qatnashdi.

      Tadbirda mualliflar so‘z olib, ushbu kitobning yaratilishi bilan bog‘liq qiziqarli voqealar, undagi ba’zi tafsilotlarni yig‘ilganlarga so‘zlab berishdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir barchada katta qiziqish uyg‘otdi. 

Institut matbuot xizmati