“Huquqni muhofaza qilish faoliyatining xalqaro standartlari”

18.12.2025 15 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti vakillari Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Huquqni muhofaza qilish faoliyatining xalqaro standartlari” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi xodimlari Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi faoliyati va tarixi,         Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasi, Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining himoya sohasidagi faoliyati,      Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi o‘rni, Xalqaro gumanitar huquq va uning qo‘llanilishi mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar va tashkilotchilar olingan bilim va ko‘nikmalari haqida fikr almashishdi, mazkur formatdagi seminarlarni yanada samarali qilish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashishdi.