Tajriba va ko‘nikma uyg‘unligi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “podpolkovnik” maxsus unvoni berish uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarda ichki ishlar organlari xodimlarining harakati” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot interfaol usullar asosida o‘tkazilib, bugungi kunda amaliyotda Ichki ishlar organlari xodimlari (profilaktika xodimlari) bilan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan huquqbuzarlar bilan muloqot vaqtida yuzaga keladigan nostandart vaziyatlarda xodimlarning harakatlari o‘qituvchi tomonidan “nostandart vaziyatlar” va “huquqbuzarlik holatlari” misolidagi materiallar guruh jamoalariga taqdim etildi. Tinglovchilar muammoli vaziyatlar borasida o‘z fikrlarini bildirdilar. Ularga katta o‘qituvchi Z.M.Aliyeva qo‘shimcha zaruriy maslahat va tushunchalarni berdi.
Tinglovchilar o‘z tajribasi va mahoratini ishga solib, bu mavzuni qizg‘in va bahs munozara tarzida masalaga yechimlar topishdi. Sinov mashg‘uloti institutning masʼul xodimlari tomonidan pedagogik nazoratdan o‘tkazildi.
Institut Matbuot xizmati