Tinglovchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi

17.12.2025 11 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari boshlandi.

Institut rahbariyati tomonidan o‘quv kurslarining dastlabki kunida tinglovchilar bilan ertalabki yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada Institut tinglovchilari o‘rtasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, ichki tartib qoidalarga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tinglovchilarga o‘quv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, Institut hududida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.

 

 Institut Matbuot xizmati