IIV O‘quv-dala markazida navbatdagi bitiruv marosimi

13.12.2025 314 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Malaka oshirish instituti boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining bitiruviga bag‘ishlangan tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, sohani bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak insoniy va professional salohiyatga ega yosh kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Shuningdek, tinglovchilarga xizmat faoliyatini amalga oshirishda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etish, xizmat intizomi va kasbiy mas’uliyatni yuksak darajada ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

O‘quv mashg‘ulotlarida tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar, jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini ta’minlashga qaratildi.

Tantanali tadbirda o‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tahsil olish jarayonida o‘z professional bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani va namunali xulqi, o‘tkazilgan tadbirlardagi faol ishtiroki uchun bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Tantanali marosim yakunida bitiruvchilarga kelgusi xizmat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

 

Institut matbuot xizmati