Ichki ishlar organlari xodimlari: ochiqlik, tartib va ishonch
12.12.2025
207 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Jasur Kenjayev tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat vaqtida jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan foto, audio va video syomka amalga oshirilishi jarayonidagi muammoli vaziyatlarda xodimlarning to‘g‘ri harakatlari” mavzusida navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun o‘tkazilayotgan malaka oshirish o‘quv kursi 2-guruh tinglovchilari bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga jamoatchilik bilan xizmat faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab holatlarga professional va bosiq yondashish, har bir vaziyatda hurmat va xolislik tamoyillariga amal qilish, qonun doirasida muloqot olib borish, keskinlikni yumshatish hamda fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish muhim ekani tushuntirildi.
Institut matbuot xizmati