Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti vakillari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

10.12.2025 28 marta ko'rilgan

 Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti vakillari Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Butunrossiya malaka oshirish institutida bo‘lib o‘tgan “Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash tizimida maxsus bilimlardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Onlayn shaklda o‘tkazilgan anjumanda Malaka oshirish instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik U.E.Rasulev “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishning strategik va huquqiy asoslari: islohotlarning yangi bosqichi” mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi.

Maʼruzada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati  keng yoritildi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ichki ishlar organlari xodimlari va taʼlim muassasalar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.