“Xavfsiz raqamli mahalla” konsepsiyasi: ta’lim jarayonida Axborot texnologiyalari sikli tomonidan amaliy bilimlar mustahkamlanmoqda

10.12.2025 18 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Axborot texnologiyalari sikli tomonidan Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar-tarmoq) Ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tinglovchilari bilan zamonaviy raqamli xavfsizlik tizimlarini chuqur o‘rgatishga qaratilgan maxsus o‘quv mashg'uloti o'tkazildi.

   O‘quv jarayonining amaliy qismi sifatida tinglovchilar uchun Toshkent shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markaziga tashrif uyushtirildi. Tashrifning maqsadi — AKT sohasidagi nazariy bilimlarni real tizimlar bilan bog‘lash, ularning “Xavfsiz raqamli mahalla” konsepsiyasiga joriy etilish mexanizmlarini o‘rgatishdir.

                                                                                   Institut Matbuot xizmati